Ommaviy sport rivoji

2018 yil 28-29 sentyabr kunlari “1 oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan institut talaba-yoshlari o‘rtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish  maqsadida, sportning futbol hamda voleybol turlari bo‘yicha sport musobaqasi ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Q.Shavazov tadbirni ochib berdi. Musobaqada jami 7ta fakultet (GM, GIM, GTQ, QSXET, QXM, YeRB, SXTEB,) terma jamoalari qatnashishdi. Mazkur musobaqada 170 nafar talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi. Musobaqa sermazmun va samarali o‘tkazildi. Ushbu bellashuv yakunida g‘olib jamoalar institut Rahbariyati tomonidan diplom, kubok hamda estalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.  Musobaqa g‘oliblari quyidagi natijaga erishdilar:

1-o‘rin.    GTQ fakulteti terma jamoasi

2-o‘rin.   QSXET fakulteti terma jamoasi

3-o‘rin.   GIM fakulteti terma jamoasi

Fakultetlararo talaba-qizlar o‘rtasida Voleybol bo‘yicha musobaqa juda qiziqarli tarzda o‘tdi. Ular egallagan natijalar quyidagi tarzda buldi:

 1-o‘rin  GM fakulteti  terma jamoasi.

2-o‘rin SXTEB fakulteti terma jamoasi.

3-o‘rin   YeRB fakulteti terma jamoasi

“Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi mudiri M.Norqobilov axboroti

Institut matbuot kotibi Raximboy Jumaniyozov